1409, 2021

CHAQIRIQQACHA HARBIY TAʼLIM OʻQITUVCHILARDA KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI

Рубрики: Педагогические науки, Психология и педагогика: проблемы и решения|Метки: , , , , , , , |

Автор(ы): Jamshid NAZAROV

Hozirgi kunda o’quvchi-yoshlar harbiy ta’lim sirlari hamda ajdodlar tomonidan to’plangan saboqlar, urf-odat, milliy-ma’naviy qadriyatlar va hayotiy tajriba asosida jamiyatda o’zining munosib o’rnini egallashi, bilim salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida chaqiriqqacha harbiy ta’lim o’qituvchisi, uning kasbiy kompetentligini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

Pedagogikada “kompetentlik” – bu talabaningshaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalaming egallanishi hamda ularning kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o‘quv fanlari darajasida tayanch kompetentlik aniqlanadi [1-3].

Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy hamda shaxsiy tajribaning mohiyati,ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan

tayanch kompetentlik: yaxlit – mazmunli, ijtimoiy-madaniy, o‘quv-bilish, axborot olish, kommunikativ, ijtimoiy faoliyatli, shaxsning o‘z-o‘zini takomillashtirish turlariga bo‘linadi [2-4].

Ushbu nuqtai nazardan tayanch kompetentlik: yaxlit — mazmunli, ijtimoiy-madaniy, o‘quv-bilish, axborot olish, kommunikativ, ijtimoiy faoliyatli, shaxsning o‘z-o‘zini takomillashtirish turlariga bo‘linadi. Chaqiriqqacha harbiy taʼlim o‘qituvchisining kasbiy shakllanishi quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi: pedagogik tizim, jarayon va natija [2-3].

Ijtimoiy qoidalar kasbiy shakllanish darajasini baholashda muhim asoslar sifatida aks etadi va ular, o‘z navbatida, Davlat ta’lim standart mazmunida qayd etiladi. Ta’lim tizimi faoliyatini baholashda uning samaradorligi hamda pedagogik tizim rivoji bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Aynan ana shu ko‘rsatkichlar chaqiriqqacha harbiy taʼlim o‘qituvchining kasbiy shakllanish darajasini baholash mantig‘ini asoslab beradi. Jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi – bu insonning turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intellekt va ahloqiy rivojlanishidir [1-5]. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda ham ta’limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta’limni rag‘batlantirish muhim yo‘nalish sifatida kelmoqda. Bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy taʼlim o‘qituvchisining metodik kompetentligini shakllantirish pedagoglami tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa ta’limni modernizatsiyalash bilanbog‘liqislohotlaming joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy taʼlim o‘qituvchilarini amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik o‘qituvchisini metodik kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda. Metodik kompetentlik tashxisi kasbiy shakllanishning mohiyatli xarakteristikalariga diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proyektiv o ‘quvlar guruhlarini kiritish lozim [3-5].

Hozirgi kunda butun dunyo pedagogik jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilayotgan taraqqiyot ta’lim modeli-bu kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir. Chaqiriqqacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar harbiy ta’lim sirlari bilan birga ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, milliy-ma’naviy qadriyatlar va hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, bilim salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchisi, uning kasbiy tayyorgarligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, chaqiriqqacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarda milliy armiyamiz talabidan kelib chiqqan holda yuqori darajadagi professional bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish harbiy pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining o‘zida yangicha bilim berish, o‘zining pedagogik va harbiy-professional malakasini doimo oshirib, xorijiy armiyalarning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirib borishi va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. Bu muammoning qanchalik murakkabligi, xayotda zarurligini, muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy tayorgarligi dastur doirasi bilangina cheklanib qolmasligi zarur, uning bilimi, mahorati ancha keng va chuqur bo„lmog„i lozim. Jumladan, hozirgi paytda ta’lim tizimi taraqqiyoti insonni bilimning turli sohalaridagi xilmaxil, mustaqil, maqsadga yo„naltirilgan faoliyat turlariga jalb qilish asosida intelektual va axloqiy kamolotini ta’minlashga qaratiladi. Bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash jarayonida o‘qituvchi kompetentligiga ham e’tibor qaratish lozim. Bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarining metodologik kompetentligi esa doimo izlanuvchan bo‘lishida, kasbiy va ijodiy kompetentlikni rivojlantirib borishda, loyhalash madaniyati va ularni innovatsion faoliyatda qo‘llay olishida ko‘rinadi. O‘zbekistonning kelajak ravnaqi bugungi yosh avlod tarbiyasining qanday bo‘lishi va to‘laqonli shakllanishiga bog‘liq. Mustaqil jamiyat e’tiqoddi, dili pok, ruhi komil insonlar tomonidan quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “ta’lim va ilm-fan davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish ta’limning yangi zamonaviy usullarini jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” – deb ta’kidlashi ta’lim muassasalarida bir qator vazifalarni hal etish zarurligini ko‘rsatadi, hech shubhasiz, asosiy vazifaning qanday bajarilishi, talabalarimizga dastur miqyosidagi ta’limtarbiyaning singdirilishi yoki singdirilmasligi o‘qituvchilarga bog‘liq [2]. Demak, bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining bilim saviyasi, kasb mahorati, muomala madaniyati yuksak bo‘lishi hayotiy ehtiyoj, haqiqiy harbiy rahbar-yuksak madaniyat sohibi, chuqur bilim va puxta malakaga ega bo‘lishi lozim. Bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining nazariy va ilmiy saviyasi, metodik mahorati ham talab darajasida bo‘lishi lozim. Pedagogik-psixologik tayyorgarlik, mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish mahorati Pedagog ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish shakllarining pedagogik psixologik asoslari; psixodiagnostika usullaridan foydalanish; o‘qitish shakllarida o‘qitish metodlari va vositalaridan o‘rinli foydalana olish; ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uyg‘unligi, uzviyligini ta’minlay olish; pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning nazariy va amaliy asoslarini egallagan bo‘lishi lozim. Tarbiyalashning usul va vositalarini egallaganlik Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda pedagog ilmiy-nazariy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlardan samarali foydalanish malakasiga ega bo‘lish, o‘qitish jarayonida yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirishning mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarini Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish Pedagoglar informatika va axborot texnologiyalari asoslari, axborotlarni saqlash, qayta ishlash, tarqatish va namoyish qilishni bilishi, Microsoft Office dasturlari, jumladan Windows operatsion tizimida ishlay olishi, Microsoft Excel dasturiy muhitida jadvalli ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi, Internetning asosiy imkoniyatlari, Internetda axborot maydonlarini saralovchi Web saytlari haqida ma’lumotlar, Internetdan ma’lumot olish va ma’lumotlar kiritish texnologiyalarini bilishi, elektron pochta va undan foydalanish texnologiyalarini, dasturiy ta’minotning asosiy turlarini bilishi va foydalana olishi, fanlardan maxsus taqdimotlar va elektron resurslar tayyorlashi va qo‘llay olishi, ta’lim jarayonida amaliy masalalarni echishda axborot texnologiyalarini qo‘llash; masofaviy ta’lim elektron o‘quv-metodik bazasini yaratish va undan foydalana olishi lozim [3]. Xorijiy tillarni o‘zlashtirish Xorijiy tilda turli janrdagi (teleko‘rsatuv, radio eshittirish, e’lonlar, yangiliklar va h.) audio va video matnlarni eshitib, asosiy ma’nosini tushunib muhokama qila olish; har qanday og‘zaki nutqni tinglab tushunish; xorijiy tilda, tele suhbatlarni tushuna olish; kasbiy va shaxsiy qiziqishiga doir ma’ruzalar, prezentatsiyalar, nutqlarni tushuna olish. Respublikamizda pedagog kadrlar tayyorlash borasida etakchi oliy ta’lim muassasasi hisoblangan universitetimizda ta’lim va tarbiya mazmuni, innovatsion o‘quv-metodik majmualar va elektron ta’lim resurslari, o‘quv-moddiy baza yuksak ma’naviyatli, etuk pedagog shaxsini shakllantirishga qaratilmoqda.

Bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy taʼlim o‘qituvchida metodik kompetentlikni shakllantirishning maqsadi kasbiy va shaxsiy rivojlanish jarayonida talabaning o‘z-o‘zini anglash, baholash va boshqarish kabi tarkibiy qismlami rivojlantirish va turli ta’lim muassasalarida ishlashga tayyorlash sanalsada, umumkasbiy va ixtisoslik fanlari asoslarini o‘rganish vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lib, aniq pedagogik hamda ishlab chiqarish muammoli vaziyatlarda masalani ajratib olish va ularni hal qilish usuli sifatida pedagogik va texnik-texnologik tafakkurni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi.

Нужно индивидуальное решение?

Если у вас есть вопросы вы можете связаться с нами через форму обратной связи.

Чем мы можем помочь?