1009, 2021

ПРИНЦИПЫ ЛЕЧЕНИЯ И ПРОФИЛАКТИКИ КОЖНЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ У СОБАК ФИТОПРЕПАРАТАМИ

Рубрики: Ветеринарные науки, Естественные науки: теория и практика|Метки: , , , , , , |

Автор(ы): Гахрамон БАХРИДДИНОВ, Равшанбек ТАШТЕМИРОВ

Хирургия — одна из ведущих патологий у собак после неинфекционных заболеваний. Актуальной проблемой ветеринарии остаются поиск оптимального лечения кожного воспаления, назначение лечения на основе патогенеза, уменьшение количества медикаментозной терапии, приводящей к развитию токсико-аллергических состояний. Синтетические препараты более токсичны и могут привести к развитию трудноуправляемых аутоиммунных патологий. Уменьшение количества лекарственной терапии, которая приводит к развитию аллергических состояний, остается серьезной проблемой для ветеринаров. Лекарственные растения издавна используются в медицине и ветеринарии.

 

Mavzuning dolzarbligi. D.V. Shagayev (2007) ta’kidlashicha, kuch salohiyatiga ega vazirliklar va tuzilmalarda faoliyat ko‘rsatadigan xarbiy hayvonlarning ko‘pchiligini xizmat itlari tashkil qiladi. Ular mina qidirish, qoravul, qidiruv va boshq. xizmatlarda qo‘llanadi. Xarbiy qismlar va bo‘linmalarida qo‘llanadigan xizmat itlari ko‘p miqdorda turli etiologiyali kasalliklarga chalinadi. Xizmat itlardagi teri kasalliklarini davolash xarbiy qismlari veterinar – sanitar xizmati boshliqlari va xarbiy bo‘linmalari veterinariya vrachlarining har kunlik faoliyatida muxim o‘rinni egallaydi. Teri kasalliklari orasida dermatitlar alohida o‘rin egallaydi. Bu guruh kasalliklarning diagnostikasi juda murakkab kechadi va terapiya masalalari qiyin hal bo‘ladi.

Xozirgi vaqtda itlardagi har xil teri kasalliklarini, shu jumladan dermatitlarni davolashning ko‘p vositalari va usullari ishlab chiqilgan. Ammo taklif qilingan vositalar ko‘pligiga qaramasdan dermatitlarni davolash muammosi xanuzgacha dolzarb bo‘lib qolmoqda (P.M.Vasilyev, 2001, T.V.Melnik, V.A. Sozinov, O.V.Suxanova, A.F.Sapojnikov, 2002, H.JL Karpetskaya, 2003). Bir tomondan – bu maqsadda qo‘llanadigan import vositalar qimmat, boshqa tomondan – mamlakatning o‘zida ishlab chiqiladiganlarning miqdori kam, borlari esa qator salbiy xossalarga ega. Teri kasalliklarini davolashda immunokorreksiya muxim o‘rin tutadi. Immunokorreksiyaning samarali usuli bo‘lib esa autogemoterapiya xizmat qiladi (L.N.Gordiyenko, 2000).

A.B. Smirnov (2010) ta’kidlashicha, o‘simliklar yig‘malari yordamida yallig‘lanish jarayonidagi infeksiya rivojlanishini oldini olish, yallig‘lanishning har xil bosqichlarida esa uning tarqalishini to‘xtatish mumkin. Masalan giperemiya bosqichida qoqi, ivan–chay, eman daraxtining po‘sti kabi o‘simliklar va ularning tana qismlari, shish bosqichida – momoqaymoq, sporыsh, qariqiz, oq qain bargi, zupturum va boshq., infiltrasiya bosqichida – xarxar (donnik), bo‘ymadaron, qirbo‘g‘in (xvosh polevoy), tirnoqgul va boshq. yaxshi samara beradi. Agar yallig‘lanish nekroz yoki abssesslanish bosqichiga o‘tmagan bo‘lsa, regeneratsiya bosqichlari boshlanadi. Bunda budra plyushyevidnaya, dastarbosh (pijma), xarxar (donnik), bo‘ymadaron va boshq. o‘simliklar – regeneratlar samarali bo‘ladi.

Bitta o‘simlik turli davolovchi ta’sir qiladi, kompleks qo‘llanganda esa ular bir – birining ta’sir kuchini oshiradi, immunitetni va oqibatda organizmning gomeostazini tiklash kabi murakkab muammoni hal qiladi.

O‘rikarcha yoki qoraarcha, qizilarcha (mojjevelnik), dalachoy (zveroboy), igir (air bolotniy), trilistnik vodyanoy, dastarbosh kabi o‘tlar, qarag‘ay kurtaklari juda kuchli antimikrobli ta’sirga ega. Kokkli florada “stafilolizin” (№9) o‘simliklar yig‘masi qo‘llanadi, unga bo‘ymadaron, qariqiz, dalachoy yoki qizilpoycha, dorivor xarxar, tog‘rayxon yoki jambil (dushisa obыknovennaya), chayono‘t, katta zubturum, oqqaldirmoq (mat–i–machexa), gores ptichiy, shipovnik korichnыy, g‘ozpanja, dorivor momoqaymoq, dorivor tirnoqgul, dastarbosh, dorivor moychechak, dala qirqbo‘g‘ini kabi o‘simliklar qiritilgan.

№9 o‘simliklar yig‘masi sinusitlarda ham yaxshi samara beradi. Immun statusni yaxshilash uchun 24 o‘simliklardan tashkil etgan №5 yig‘ma qo‘llanadi.

Lipin Sanin (2008) ta’kidlashicha, oxirgi yillarda hayvonlar kasalliklarini davolash uchun alternativ usullarni qo‘llashga qiziqish keskin ortib bormoqda. Undan tashqari kasallangan uy hayvonlariga kuchli ta’sir etuvchi (biologik agressiv) vositalar har doim ham to‘g‘ri kelavermaydi. Infeksion kasalliklar vaksinasiya qo‘llanishi tufayli kam uchraydilar va ko‘pincha noaniq shaklda kechadi, surunkali shaklga o‘tadi. Hayvonlar kasalliklarining zamonaviy kechish xususiyatlariga zamonaviy fitopreparatlarning ta’sir spektri to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ularga vrachlar va hayvon egasining qiziqishi oshgan.

Quyida o‘simlik vositalarning ta’siri keltiriladi:

  1. Yallig‘lanishga qarshi: arpabodiyon (mevasi), petrushka, qorazira (tmin);
  2. Shamollashga qarshi: bo‘tako‘z (vasilek, gullagan o‘tdan tayyorlangan tindirma), eman daraxtining po‘sti, marjumak (grechixa posevnaya), qirqbo‘g‘in (polevoy xvosh), turf sharbati;
  3. Haroratni tushiruvchi: arpabodiyon, bagulnik bolotnыy, brusnika, andiz (devyasil), dalachoy (zveroboy), mat–i–machexa, gunafsha (fialka);
  4. Allergiyaga qarshi: bagulnik bolotniy, tirnoqgul, chayon o‘t, g‘ozpanja (lapchatka), moychechak, eman daraxtining po‘sti, terak kurtaklari, bo‘ymadaron, shumurt (mevasi);
  5. Jarohatlarni bitgazuvchi (tashqi tomondan qo‘llash uchun): kiyik o`ti, rayxon (bazilik), zupturum, tirnoqgul;
  6. Kuyishlarda qo‘llanuvchi: tirnoqgul, arnika, chayon o‘t;
  7. Sog‘lomlashtiruvchi balzam: qichitqio‘t yoki gazanda gulidan yoki poyasidan yangi tayyorlangan shira);
  8. Qonni tozalovchi: sinniya o‘ti;
  9. Qonni to‘xtatuvchi: kelintili yoki suvzamchi (gorlets pochechuyniy) va suvqalampir yoki suvzamchi (gorles perechnыy), ochambiti yoki jag‘jag‘ (pastushya sumka), yapon saflorasi;
  10. Vitaminlarga boy: satzinak (kerbel), koriandr, chayono‘t (krapiva), namatak (shipovnik korichnыy), shivit, estragon, dalachoy (zveroboy), oqzira (fenxel), sabzi, qarafs (selderey paxuchiy), lyubistok, petrushka, arpabodiyon.

Agar it tindirmani achchig‘ligi uchun ichmasa, unga glyukoza, dekstroza qo‘shiladi. Undan tashqari tindirmani sut yoki go‘sht bilan berish mumkin. Boshqa holatlarda ko‘p o‘simliklar komponentlaridan tarkib topgan va proporsiyalarga rioya ыilingan tayyor xabdori shakllaridan foydalanish mumkin (masalan, Fitoelita seriyasidan).

R.A.Xasanova (2005) ta’kidlashicha, ayrim doivor o‘simliklaridan xabdorilar, mikstura va nastoykalar xali ishlab chiqarilmagan. Bu holda tindirma (nastoy) tayyorlanadi. Buning uchun 1 choy qoshiq quritilgan o‘simlikka 1 stakan qaynoq suv qo‘shilib, 20 daqiqa tindirib qo‘yiladi. Tindirma salqin joyga qo‘yilganda 2–3 kun saqlanishi mumkin. O‘tkir kasalliklarda kuniga 2 martta oziqlantirish vaqtida beriladi.

Dorivor o‘simliklar surunkali kasalliklarda yaxshi samara beradi. Dorivor o‘simliklar organizm uchun umuman xavfsiz degan fikrlar mavjud. Ammo bu shundaymikan? Bir xil o‘simlik vositasini ko‘p vaqt ishlatsa, unga o‘rganib qolish holati hosil bo‘ladi. Shuning uchun mutahassislar o‘simlik va yig‘malarni vaqti – vaqti bilan, har 3–4 xaftada almashtirib turishga maslaxat baradilar.

Ayrim o‘simliklarning moddalari organizmda to‘planib, ular salbiy ta’sir qilishga boshlaydi. Bularga qon–cho‘p (chistotel), kakra (polыn), bo‘yimadaron kabilar kiradi. Ayrimlarining tarkibida esa zaharli moddalar mavjud – bagulnik, kakra, cheremisu, omelu, qon–cho‘p, qirqbo‘g‘in (paporotnik), qoraarcha yoki qizilarcha kabi o‘simliklarni juda ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim.

Zaharli o‘simliklarning ro‘yxati asta – sekin kengayib bormoqda. O‘tlardan tayyorlangan choy operatsiya natijasiga har xil ta’sir qilishi mumkin. Masalan, exinatseya allergik reaksiyasini oshiradi, immun preparatlari bilan davolashga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun uni qo‘llashni operatsiyadan ancha avval to‘xtatish lozim. Sarimsoq piyoz, ginkgo biloba va jenshen tromb hosil bo‘lishiga qarshi yaxshi ta’sir etadilar, ammo bu xislat operatsiyadan so‘ng qon ketishining sababi bo‘lishi mumkin. Dalachoydan tayyorlangan vositalar ajoyib antidepressantlar, ammo ular boshqa dori vositalarning ta’siriga halaqit beradilar. Asarun (valeriana) narkoz vositalarga bo‘lgan talabni oshirishi mumkin. Qayd etib o‘tilgan dorivor o‘simliklarni qo‘llashni operatsiyadan 1 hafta avval to‘xtatish kerak.

Fitoterapiyada bir vaqtda kechadigan kasalliklar, o‘tlarning qabul qilinadigan kimyoviy preparatlar va ozuqa bilan bir biriga mosligi hisobga olish zarur. Masalan, tetratsiklin va sulfanilamidlarni qo‘llashda dalachoyni ishlatish tavsiya etilmaydi chunki bu terining yorug‘likka sezuvchanligini oshiradi va quyoshdan kuyishga sabab bo‘ladi. Toza jarohatlarni davolash uchun quyidagi o‘simliklar qo‘llanadi. Dorivor medunitsa. Yangi uzilgan o‘tning sharbati ishlatiladi. Xalq tabobatida yod o‘rniga ishlatiladi. Achchiq qizg‘ish sharbatni jarohat ustiga quyib, ustidan bog‘lam qo‘yiladi. Yangi uzilgani bo‘lmasa uning kuli qo‘llanadi. Medunisa qonni to‘xtatadi, yallig‘lanishga qarshi, davolovchi va antiseptik xususiyatlarga ega.

Bo‘yimadaron (Tisyachelistnik obiknovenniy). Yangi uzilgan o‘tning sharbati ishlatiladi. Sharbat yoki maydalangan poya jarayon ustiga qo‘yilib, ustidan bog‘lam qo‘yiladi. Qonni to‘xtatadi, yallig‘lanishga qarshi, davolovchi, og‘riqsizlantiruvchi va antiseptik xususiyatlarga ega.

Chayono‘t. Yangi uzilgan o‘tning sharbati ishlatiladi. Sharbatni salfetkalar yordamida qonab turgan jarayon ustiga quyib, ustidan bog‘lam qo‘yiladi. Qonni to‘xtatadi, yallig‘lanishga qarshi, davolovchi, og‘riqsizlantiruvchi va antiseptik xususiyatlarga ega. Oddiy qarag‘ay, archa, sibir pixtasi. Daraxt sharbati jarayon yuzasiga suriladi. Qonni to‘xtatadi, jarohatlarni tez davolovchi xususiyatlarga ega.

Oddiy kirkazon. Barglari ezilib, qonab turgan jarohatlarga qo‘yiladi. Qonni to‘xtatadi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi xususiyatlarga ega. S. G. Gadzaonov (2009) ta’kidlashicha, jarrohlik kasalliklar bilan kurashish tajribasi ko‘rsatadi – bu jarayonda asosiy vazifani qisqa mudatda hayvon sog‘ligini tiklaydigan dorili terapiya bajaradi. Jarrohlik infeksiyani davolashning hozirgi etapida turli usullar va antimikrobli vositalar qo‘llanadi. Amo ularning har bittasi o‘ziga hos kamchilikka ega – qiyin bajarilishi, qimmatlik, mikrofloraga yetarlicha ta’sir qilmaslik va sh.o‘. Bu holat ishlab chiqarishga oson topiladigan, arzon va samarali dori vositalarini hamda patogenetik terapiya usullarini joriy etishni taqozo etadi. Shuning uchun infeksiyalashgan yallig‘lanishlarni 30% li qon – cho‘pining shirasi va 10% li malhami bilan vibrasion terapiya hamda infraqizil nurlantirishni qo‘llab davolash katta qiziqish chaqiradi.

Нужно индивидуальное решение?

Если у вас есть вопросы вы можете связаться с нами через форму обратной связи.

Чем мы можем помочь?